52 kişining fojiali ölimiga sababçi bölgan yonğin yuz bergan avtobus egasi Çimkentga Özbekistondan ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Tengrinews.kz Boş prokuratura matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
«Qozoğiston Boş prokuraturasi va Içki işlar vazirligi xodimlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortiş uçun Özbekistondan Orduxan Mextiyev ekstraditsiya qilindi. Qölga olingan şaxs texnik nosozlikka ega, Aqtöbe oblastida joriy yil yanvar oyida transport vositasining yonib ketişi va 52 kişining halok bölişiga olib kelgan avtobusdan noqonuniy ravişda foydalanişda gumonlanmoqda», - deyiladi Qozoğiston Boş prokuraturasi xabarida.
Ta'kidlanişiça, jinoyat sodir etilganidan keyin gumonlanuvçi qöşni davlat hududida yaşiringan. Erkak xalqaro qidiruvga berilgan. Gumonlanuvçi Mextiyev Çimkent tergov izolyatoriga joylaştirildi.
Eslatib ötamiz, 1 dekabr kuni Toşkentda maş'um avtobus egasi qölga olingandi.













