O‘zbekiston | 14:12 / 26.12.2018
15889
2 daqiqa o‘qiladi

GM Uzbekistan yana bir avtosalonda tizimli ravishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini aniqladi

Foto: GM Uzbekistan

GM Uzbekistan AJ dilerlik markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan qoidabuzarliklarni aniqlash borasidagi amaliy harakatlarni davom ettirmoqda, deb xabar berdi kompaniya.
 
Qayd etilishicha, GM Uzbekistan tomonidan dilerlik korxonalarining 9 oylik yakunlarini o‘rganish davomida “Farg‘ona Avtomarkaz” MChJda tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
 
Monitoring o‘tkazishdan asosiy maqsad 2018 yil boshidan GM Uzbekistan kompaniyasiga jismoniy va yuridik shaxslardan dilerlik korxona faoliyatiga doir 100 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Murojaatlar avtosalonning mijozlarga nisbatan qo‘pol muomala hamda korruptsion harakatlari bilan bog‘liq.

Shuningdek, avtosalonda sotuv jarayonlari shaffofligini ta'minlaydigan va avtomobil sotib olayotgan mijozlarga qulay sharoit yaratuvchi tizimli ish tashkil qilinmagan. Xodimlarning malakasizligi mijozlar bilan muloqotda belgilangan savdo tartibiga mos kelmagan.

Axborot stendlari va monitorlarda ma'lumotlarning yangilanmasligi va ishlamasligi xodimlar va “Koll-markaz” xizmati standartlarga javob bermasligi xaridorlarning zaruriy ma'lumotlar olishlariga to‘sqinlik qilgan.

Buning natijasida “Farg‘ona Avtomarkaz” dilerlik markazi rahbari vazifasidan ozod etilgan. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yangi tayinlangan direktor v.b. Erkin Ikromov zimmasiga yuklatildi.

Mavzuga oid