Honda avtomobilsozlik kompaniyasi NSX superkari motoriga öxşaş ovoz çiqaruvçi, avtomobil körinişidagi yumşoq öyinçoq Sound Sitter’ni taqdim qildi. Kompaniyada ta'kidlanişiça, öyinçoq emizikli bolalarga tinçlantiruvçi ta'sir körsata oladi. 

Öyinçoqqa Honda NSX motori ovozini çiqaradigan maxsus dinamik örnatilgan. Dinamikni masofadan faollaştiriş mumkin. Ta'kidlanişiça, öyinçoq çiqaruvçi past çastotali monoton ovozlar homila onasi qornida eşitadigan ovozlarga öxşaşdir (misol uçun, qon aylanişi va yurak urişi).

Öyinçoqni işlab çiqişda turli modellar, jumladan 1986 yilgi Integra, 1987 yilgi Prelude, 1999 yilgi S2000 hamda NSX örganilgan. Tadqiqotning körsatişiça, yangi superkar tovuşining çastotasi hali dunyoga kelmagan bola könikkan ovozlarga yaqindir.

Yangi avloddagi Honda NSX gibrid kuç qurilmasi bilan jihozlanadi. U öz içiga 3,5 litrli tvin-turbo dvigateli, uçta elektromotor va 9 poğonali uzatmalar qutisini olgan. Kuç qurilmasining umumiy quvvati 573 ot kuçini taşkil qiladi. Superkar joyidan 100 km/soat tezlikkaça taxminan 3 soniyada tezlaşa oladi, maksimal tezligi esa soatiga 307 kmni taşkil qiladi.