Dunyoning şubhasiz innovatsion davlatlaridan biri - Janubiy Koreya yiliga yuz minglab xorijiy talabalarni öz bağriga jamlaydi. 2017 yilda mamlakat xalqaro talabalarni qabul qiliş böyiça rekord örnatgan. Mamlakat Ta'lim vazirligining statistikasiga köra, birgina ötgan yilning özida 124 mingga yaqin talaba Koreyaga kelgan bölib, ulardan 2716 nafarini özbekistonliklar taşkil etadi.
Koreyada öqiş istagini bildirayotgan özbek yoşlari yildan yilga köpayib borayotgani yangilik emas. Şu jumladan, men ham magistr darajasini oliş maqsadida mazkur davlatga otlandim.
Xorijda öqiş jarayoni, özga yurtdagi ijtimoiy muhit va hamyurtlar hayoti barçani birdek qiziqtirişi tabiiy. Şu sababdan Kun.uz «Koreya kundaligi» ruknini yölga qöymoqda. Bunda öquvçilar Koreya Respublikasi va u yerdagi vatandoşlarimizga oid turli mavzulardagi maqolalarni öqib borişingiz mumkin.
Öqişga qabul qiliniş bu – siz Koreyadasiz, degani emas
«Çet el bilim yurtlariga öqişga kiraman va uçib ketaman...» Xuddi men kabi, avvaliga köpçilik buni oddiy jarayon deb taxmin qilgani turgan gap. Bir qaraşda hammasi sodda va tuşunarlidek, ammo byurokratik maşmaşasi biz öylagandan köp. Öqişga kiriş jarayoni – bir, jönab ketiş esa alohida bir hikoya ekan.
Koreyada tahsil olmoqçi bölgan yoşlar uçun ta'limning asosan uç körinişi mavjud: koreys tili kurslari, bakalavriat va magistratura. Bilimingiz xorijdagi universitet tomonidan tan olingaç, quyidagi bir olam hujjatni yiğiş uçun 1-2 oylik «bordi-keldi»ni boşlaysiz: OVIR, diplom apostil, ota-onaning yillik daromadi haqidagi ma'lumot notarial idoralarning tasdiğidan ötgan tarjimasi bilan, bankdan kontrakt tölovçining hisobida kamida 20-30 ming AQŞ dollari borligini isbotlovçi hujjat...
Navbat oliş uçun navbatga turing!
Koreya Respublikasining Toşkentdagi elçixonasi atrofi iş kunlarida kiçik bozorçadek doim gavjum böladi. Şuning uçun bölsa kerak, IIV xodimlari boşqa elçixonalarga qaraganda köproq biriktirilgan. Kimdir viza oliş uçun, yana boşqasi suhbatdan ötiş maqsadida keladi. Bu borada tajribasi katta hamyurtlarimizning aytişiça, misol uçun, seşanba kuni elçixonaga kirmoqçi bölsangiz, duşanba kuni soat 23:00larda borib navbat olib qöyişingiz kerak ekan.
Men ham xuddi şunday yöl tutdim. Soat 22:30da işdan çiqib, töğri elçixonaga bordim. Afsuski, navbat oliş nasib qilmadi. Elçixonani qöriqlab turgan, şartnoma asosida işlovçi içki işlar xodimi bu kabi norasmiy navbat oliş tartiblari bugun bekor bölgani, ertasi kuni ertalab kelişim kerakligini aytdi. Taksida uyga qaytarkanman, yarim yölda döstim qönğiroq qilib, ikkimizni 22- va 23-navbatga yozdirib qöyganini aytdi. «Qanday qilib?» degança qolaverdim. Aftidan, bu tartib odat tusiga aylanib ulgurgan. Viloyatlardan kelayotgan fuqarolar ham şu taqlid navbatga yozdirib qöyişni unutgan bölişsa, katta ehtimol bilan ertasiga işi öngidan kelmaydi.



















