Jahon | 01:12 / 27.12.2018
15556
2 daqiqa o‘qiladi

Keksa fransuz Atlantika okeani bo‘ylab bochkada sayohatga jo‘nadi

Foto: AFP 2018 / Georges Gobet

Fransiyalik Jan-Jak Saven Atlantika okeani bo‘ylab dvigatelsiz, yelkan va eshkaklarsiz bochkada sayohatini boshladi.

Bir necha kundan keyin 72 yoshini nishonlaydigan qariya o‘z sayohatini Kanar orollari tarkibiga kiruvchi El Yyerro orolidan boshlagan. Sayyoh Karib orollariga 3 oydan keyin, ya'ni 2019 yil martigacha yetib borishni mo‘ljallamoqda.

Frantsuz sayohatga otlangan bochkaning uzunligi 3 metrni, diametri 2 metrni, og‘irligi 450 kgni tashkil qiladi. U epoksid ko‘p qatlamli fanerdan ishlanib, zarg‘aldoq rangga bo‘yalgan. Bochkaning ichidagi 6 kvadrat metrlik joyda uxlash uchun kushetka, oshxona burchak mebeli, qarta uchun stol, buyumlar uchun joy, polda esa baliqlarni kuzatish uchun illyuminator bor.

Qariyaning aytishicha, uning sayohati ko‘ngildagidek boshlandi, kapsula soatiga 2-3 km tezlik bilan suzmoqda. Savenning aytishicha, u Yangi yilni nishonlash uchun o‘zi bilan Sauternes vinosi va fua-gra, 14 yanvarda esa 72 yoshini nishonlash uchun bordo vinosini olgan.

Sayyoh dengiz oqimi uni Karib orollari yoki Barbados oroliga olib borishiga umid qilmoqda. Biroq u sayohatini Martinika yoki Gvadelupa fransuz orollarida yakunlashni istamoqda.

“Bu vaziyatda hujjatlar bilan yengilroq va bochkani tashish osonroq bo‘ladi”, deb aytgan qariya.

Mavzuga oid