O‘zbekiston fonogramma bo‘yicha Konventsiyaga qo‘shildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konventsiyaga (Jyeneva, 1971 yil 29 oktabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida”gi qonunni imzoladi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda ma'qullangan.
Hujjat bilan O‘zbekiston Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konventsiyaga (Jyeneva, 1971 yil 29 oktabr) qo‘shildi.
Konventsiya doirasida belgilangan asosiy majburiyatlarga ko‘ra, O‘zbekiston konvensiya ishtirokchisi hisoblangan boshqa davlatlarning fonogramma tayyorlovchilariga ularning fonogrammalaridan nosanksiyaviy nusxa ko‘chirilishi, shuningdek, ularni nosanksiyaviy tarzda tarqatish maqsadida respublikaga olib kirilishi va mazkur fonogrammalarning kontrafakt nusxalarini uning hududida tarqatilishidan muhofaza qilishni o‘z bo‘yniga oladi. Xuddi shu majburiyatlar konvensiyani imzolagan boshqa davlatlar uchun joriy etilgan bo‘lib, o‘z o‘rnida mazkur davlatlar hududida o‘zbekistonlik fonogramma tayyorlovchilar fonogrammalarining tarqatilishida ham yuqorida nazarda tutilgan muhofaza taqdim etiladi.
Mavzuga oid
09:01 / 21.06.2024
O‘zbekiston ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi
08:46 / 30.04.2024
Kiyev inson huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadan chetga chiqqanini rad etdi
08:13 / 29.04.2024
Kiyev urush davrida Inson huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadan chiqadi
21:01 / 13.03.2024