Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlarni şakllantiriş, aholi bandligi va farovonligini oşiriş, tadbirkorlik faoliyatining tösqinliksiz amalga oşirilişini ta'minlaş va biznes yuritiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan keng kölamli islohotlar olib borilmoqda.

Ammo, guruç kurmaksiz bölmaganidek, ayrim qöştirnoq içidagi tadbirkorlar ham borki, ular davlat tomonidan yaratib berilayotgan uşbu imkoniyat va imtiyozlarni suiiste'mol qilişga urinişmoqda.

Kuni keça Davlat bojxona qömitasining Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş boşqarmasi hamda Taşqi savdo operatsiyalari monitoringi va bojxona statistikasi boşqarmasi xodimlari tomonidan yirik qonunbuzarlik holati foş etildi.

Çunonçi, bojxonaçilar “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi a'zosi bölgan “Yasmin new tex” mas'uliyati çeklangan jamiyati faoliyatini örganiş davomida, uşbu taşkilot 43,3 ming AQŞ dollariga teng bölgan, jami 95,5 tonna “tekstil mato” tovarlarini olib kelganligi va unga bojxona tölovlaridan jami 753 million söm imtiyoz qöllanilganligi aniqlandi. Ammo şu örinda haqli savol tuğiladi, xöş uşbu taşkilot davlatimiz tomonidan berilgan uşbu imtiyozlardan maqsadli foydalanib, öz işlab çiqariş faoliyatini rivojlantirdimi? 

Mazkur taşkilotga bojxona tölovlaridan qöllanilgan maqsadli imtiyozlar töğri qöllanilganligi bojxonaçilar tomonidan atrofliça örganilib, korxonada işlab çiqariş mavjud emasligi aniqlandi va mas'uliyati çeklangan jamiyatning noqonuniy xatti-harakatlariga öz vaqtida çek qöyildi.

Uşbu taşkilotga aloqador şaxslardan esa davlat byudjyetiga yetkazilgan 753 million sömlik zarar naqd pul şaklida töliq undirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.