Jamiyatda har bir soha boşqasi bilan zanjirdek boğlangan. Qaysidir halqada xatolik bölsa, jamiyat zanjiri jabr çekadi.

Vodiyning uç viloyati - Andijon, Namangan va Farğonadagi tabiiy gaz tanqisligi ham xuddi şunday natija bermoqda. Metan «zapravka»larida yuzaga kelgan uzundan uzun navbatlar tufayli aholi turli qiyinçiliklarga duç kelyapti.

«Namangandan bizga tovar olib keladigan haydovçilar yoqilği quyiş şoxobçalaridagi noqulayliklar sababli yölkira haqini oşirib yuborişdi. Bu öz-özidan dökondagi mahsulotlar narxi kötarilişiga sabab bölyapti. Xaridorlar esa norozi», deydi farğonalik savdogar.

«Ikki farzandimning biri institutda, yana biri kollejda öqiydi. Kira haqi oşdi. Yönalişdagi jamoat transporti kamayib ketgan. Yölovçilar haydovçilarning aytgan puliga rozi bölib manzilga yetib olişyapti», deya noliydi asakalik ota.

Video: Mover

Video: Youtube

21 dekabr kuni  saytimizda «Qiş kelganda şu bölar takror». Vodiydagi metan «zapravka»larida 5 kilometrlik navbatlar paydo böldi» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

Oradan qariyb bir hafta ötdi. Biz uç viloyat böylab kezib, metan «zapravka»laridagi holatni kuzatdik.

Farğona viloyati, Quvasoy şaharçasidagi metan gaz qöyiş şoxobçasidamiz. Qir etagiga joylaşgan maskanda yuzlab maşinalar navbat kutib turibdi.

«Keça saharda, soat tört yarimda kelgandik, beş soat navbatda turganimizdan söng «zapravka»ning kompressori işlamay qoldi. Qaytib ketdik. Tuşdan keyin kelib yana tört soat navbatda turib, gaz quydirdik. Bugun ham navbatda turibmiz. Har kuni tört-beş soat navbatda turamiz», deydi kirakaşlik qiluvçi Asilbek Xotamqulov.