O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qarorning davlat maqsadli jamg‘armalariga taalluqli qismida quyidagilar keltirilgan:
25. Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarning bekor qilinishi, shuningdek, yagona soliq to‘lovi tarkibining o‘zgarishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining:
a) 2019 yil 1 yanvardan:
ijtimoiy soha muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklagan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini;
sohani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda meliorativ obektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, magistral (viloyatlararo) kollektorlarni ta'mirlash va tiklash bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi zimmasiga, meliorativ obektlarni rekonstruksiya qilish va qurish, ta'mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish funksiyalarini esa Moliya vazirligi zimmasiga yuklagan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasini;
Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish dasturini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan xarajatlarni alohida satrda ko‘rsatgan holda moliyalashtirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasini tugatish;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Respublika yo‘l jamg‘armasi)ni O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazish hamda:
yo‘l xo‘jaligi sohasidagi qurilish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish, shuningdek, avtomobil yo‘llaridan foydalanish va saqlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman yo‘llardan foydalanish korxonalari, yo‘llardan muntazam foydalanish korxonalari, ko‘priklardan foydalanish korxonalari, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasini saqlash funksiyalarini Moliya vazirligi zimmasiga yuklash;















