Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet möljallari töğrisida»gi qarorni imzoladi.

Unda 2019 yilda tölanadigan soliq va majburiy tölovlarning miqdori belgilab berildi.

Qarorda quyidagilar keltirilgan:

1. Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi hamda 2020-2021 yillarga maqsadli möljallari 1-ilovaga muvofiq;

Özbekiston Respublikasining 2019 yil uçun konsolidatsiyalaşgan byudjyeti jamlanma parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet möljallari 2-ilovaga muvofiq;

Özbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjyeti asosiy parametrlari 3-ilovaga muvofiq;

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasining (keyingi örinlarda – Pensiya jamğarmasi), Özbekiston Respublikasi Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasining, Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi huzuridagi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş jamğarmasining 2019 yil uçun asosiy parametrlari 4-6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

2. 2019 yil uçun:

yagona soliq tölovi stavkalari 7-ilovaga muvofiq;

yagona ijtimoiy tölov stavkalari 8-ilovaga muvofiq;

yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun qat'iy belgilangan soliq stavkalari 9-ilovaga muvofiq;

yer qa'ridan foydalanganlik uçun soliq, imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi, ayrim turdagi mahsulotlar böyiça qöşimça foyda soliği stavkalari 10-13-ilovalarga muvofiq;

suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq, jismoniy şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik va jismoniy şaxslardan olinadigan yer soliği stavkalari 14-16-ilovalarga muvofiq;

kelib tuşayotgan mablağlarni Özbekiston Respublikasi respublika byudjyetiga ötkazgan holda içki işlar organlarida röyxatdan ötkazişda avtotransport vositalarining egalari (foydalanuvçilari) tomonidan tölanadigan avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Özbekiston Respublikasi hududiga vaqtinçalik olib kirganlik uçun yiğimlar hamda xorijiy davlatlar avtotransport vositalarini Özbekiston Respublikasi hududiga kirişi va tranziti uçun yiğimlar stavkalari 17-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.