Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni poytaxt markazida taşkil etilgan yangi yil bayrami maydoniga taşrif buyurdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, prezident bayram tomoşasiga kelgan odamlar bilan suhbatlaşib, bolajonlarga sovğalar bergan.


Eslatib ötamiz, bugun Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakat parlamentiga navbatdagi Murojaatnomani taqdim etdi.
Davlat rahbari öz sözining avvalida ötayotgan yilda amalga oşirilgan işlarga töxtaldi, söng amalga oşirilişi rejalaştirilgan narsalar haqida ma'lumot berdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni mamlakat tarixida birinçi marta Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etgan edi.
Bu yilgi Murojaatnomada tugayotgan yilda amalga oşirilgan işlar va kelgusi yilga möljallangan rejalar, davlat içki va taşqi siyosatidagi asosiy tamoyillar bayon etildi.
Prezident 2019 yilni «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» deb e'lon qildi










