Shavkat Mirziyoyev: «Jinoyatchilikni jilovlashimiz kerak»
O‘zbekistonda endi mahallalarda jinoyat sodir etilsa, buning uchun mahalla raisi, profilaktika inspektori, uning yordamchisi jarimaga tortiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida aytildi.
«Jinoyatchilikni jilovlashimiz kerak. Investitsiya olib kelayotgan odam internetdan ko‘radi: tinchmi yoki notinchmi davlat, deb. Kelib kechalari ham bemalol yurishi kerak. Bizda oldin soat sakkizdan hammayoqni yopib qo‘yib, qorovullik qilardik. Bolalarimiz keyin qayerga borishini bilmay yurardi. Borsin, aylansin. Lekin qonun ustuvorligini davlat ta'minlashi kerak», - dedi davlat rahbari.
Qayd etilishicha, jinoyatchilikka qarshi kurashda ijobiy natijaga erishgan profilaktika inspektorlari va mahalla faollari rag‘batlantiriladi. Vazifasini yaxshi bajargan xodimlarga ustama haq to‘lanadi.
«Agar mahallada jinoyat bo‘lmasa, mahalla raisiga ham, profilaktika inspektoriga ham, uning yordamchisiga ham to‘laymiz. Jinoyat bo‘lganlarga ellik foiz jarima solamiz. O‘ylaymanki, bu adolatdan bo‘ladi.
Jinoyatchilikni jilovlashimiz kerak. Endi viloyat hokimi jinoyat bo‘lsa, har kuni bir soat barcha mutasaddilarni yig‘ib, yig‘ilish o‘tkazadi. Jinoyat sababi o‘rganiladi. Joylardagi xotin-qizlar vakillari uxlab o‘tiribdi», - dedi prezident.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
16:30 / 01.10.2024