«Viloyatlar boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi» -Prezident hokimlarga mustaqillik berish haqida gapirdi
Prezident parlamentga murojaatnomasida davlat xizmatchilari faoliyatini baholash bo‘yicha samarali mexanizm yaratish kerakligi haqida gapirdi.
Prezident viloyat, tuman va shahar hokimlarida mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatlari va tashabbuskorlik chegaralanganini tanqid qildi.
«Hokimlar qarorni Toshkentdan kutadi. Lekin u zamonlar o‘tib bo‘ldi. Endi barcha tashabbuslar tepadan pastga emas, pastdan tepaga kelishi kerak. Prezident apparati esa faqat o‘zining ishini qilsin.
Hokimlarni tayinlagan kengash o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak.
Hozir tuman hokimini tayinlash ham prezident apparatiga keladi. Bu yerda qani mustaqillik?
Viloyat va shahar hokimlari, tuman hokimlariga mustaqillik beringlar! Har bir viloyatning byudjyeti o‘ziga buyursin. Fuqaro boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘ladi. Shu kabi, viloyatlar boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi», dedi prezident.
Mavzuga oid
15:00 / 03.04.2024
Hokimlar va futbol. Bozorov, Abdurazzoqov, Azimov chempionlik maqsadini qo‘ydi, Abdurahmonovga 10-raqamli libos topshirildi
12:58 / 29.01.2024
O‘zbekistonda yana 16 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi
22:33 / 04.10.2023
Eng kam hokim almashgan viloyat – Namanganning barcha rahbarlari bitta suratda
11:36 / 07.06.2023