Namangan viloyatiga 1996—2004 yillarda hokimlik qilgan Tölqin Jabborov 4 oktyabr kuni vafot etdi. Respublika hududida eng kam hokim almaşgan viloyat Namangan hisoblanadi. Viloyatni şu vaqtgaça 6 nafar hokim boşqargan.

Namanganga 1992–1996 yillarda Burgutali Rapiğaliyev rahbarlik qilgan. Viloyatning ikkinçi hokimi esa Tölqin Jabborov (1996–2004) bölgan. U viloyatni qariyb 8 yil boşqargan. Şundan söng viloyatga 4,5 yil davomida asli kasbi buxgalter-iqtisodçi Ikromxon Najmiddinov boş bölgan.

U öz örnini 2009 yil 17 fevralida Bahodir Yusupovga böşatib bergan. Asli kasbi muhandis bölgan Yusupov viloyatni 2015 yil 26 noyabrgaça – Xayrullo Bozorov yangi hokim etib tayinlangunça boşqargan.

Viloyat rahbari kursisidagi sönggi özgariş Bozorovning Farğona viloyatiga hokim etib tayinlanişi ortidan 2020 yil 25 sentabrda yuz berdi. Uning örnini amaldagi rahbar Şavkat Abdurazzoqov egalladi.