Şavkat Mirziyoyev uy-joy, quriliş, kommunal xöjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oşirilgan işlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yiğilişda 16 tuman hokimlarining lavozimga loyiqligi körib çiqişni topşirdi.

Majlisda ötgan yili hududlarda 2 mingta köp qavatli uy-joy qurib, aholiga topşiriş böyiça olingan reja töliq bajarilmay qolgani, ya’ni 124 ta uy-joy qurilişi yakunlanmagani, qurilgan uylardan 450 tasi haligaça foydalanişga topşirilmagani qayd etildi.

Bundan taşqari, uy-joyga talab yuqori bölsa-da, 2023 yilda 16 ta tumanda birorta köp qavatli uy-joy qurilmagani, tuman hokimlari buni reja ham qilmagani tanqid qilindi.

Şu sababli boş vazir Abdulla Aripovga Nukus, Qorovulbozor, Navbahor, Kosonsoy, Nurobod, Oltinsoy, Muzrabot, Qiziriq, Bandixon, Oqoltin, Sayxunobod, Mirzaobod, Xovos, Piskent, Qöştepa, Boğdod tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini körib çiqiş topşirildi.

Ma’lumot uçun:

  • Qoraqalpoğistonning Nukus tumaniga 2023 yil avgustidan buyon Ziyauatdin Zaytov;
  • Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumaniga 2018 yil martidan buyon Akmal Ostonov;
  • Navoiy viloyatining Navbahor tumaniga 2022 yil mayidan buyon Azamat Öroqov;
  • Namangan viloyatining Kosonsoy tumaniga 2021 yil dekabridan buyon Dilmurod Qodirov;
  • Samarqand viloyatining Nurobod tumaniga 2022 yil oktyabridan buyon Sirojiddin Berdiqulov;
  • Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumaniga 2023 yil yanvaridan buyon Bahrom Mahmatrayimov