30 va 31 dekabrda banklar ishlaydi - Markaziy bank
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki maxsus xat bilan Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi, barcha tijorat banklari, Markaziy bank departamentlari, Respublika Inkassatsiya xizmati, Axborotlashtirish Bosh markazi, «Garov reyestri» DUK, «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJ QKga bildirish jo‘natgan.
Unga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning bank kassalariga kirim qilingan naqd pul tushumlarini ularning hisobvaraqlarida o‘z vaqtida aks ettirish, banklararo yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida 2018 yilning dekabr oyi 30-sanasi — yakshanba kuni (soat 17:00ga qadar) va 31-sanasi — dushanba kuni (soat 15:00ga qadar) banklararo to‘lov tizimini ishlatish ta'minlanadi.
«Shu munosabat bilan, bank tizimining ushbu masalalariga aloqador ayrim xodimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ishga jalb qilish so‘raladi», deyiladi Markaziy bank xatida.
Xatda shuningdek, dam olish kunlarida ishga jalb qilingan xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 157-moddasida belgilangan tartibda haq to‘lanishi yoki xodimlarning xohishiga asosan boshqa dam olish kuni berilishi belgilangani eslatib o‘tilgan.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
11:23 / 01.11.2024