Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kursantlar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida oliy harbiy ta'lim muassasalari kursantlari o‘rtasida 2018 yilda o‘tkazilgan fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kursantlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Marosimda O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov ishtirok etib, o‘tgan ikki yil mobaynida Qurolli Kuchlar tizimida harbiy kadrlarning intellektual salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, oliy harbiy ta'lim muassasalarida kursantlarning soha bo‘yicha mukammal bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 5—29 noyabr kunlari Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta'lim muassasalarining kursantlari o‘rtasida harbiy-kasbiy tayyorgarlik, ingliz tili, informatika va matematika fanlaridan olimpiada (ikkinchi Respublika bosqichi) o‘tkazilgan edi. Unda g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar 2019 yilning mart—may oylarida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a'zo davlatlarning oliy harbiy ta'lim muassasalari o‘rtasida fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan kursantlar olimpiadasida qatnashadi.
Fan olimpiadalarining yakuniy natijalariga ko‘ra, harbiy-kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha umumjamoa hisobida birinchi o‘rin Qurolli Kuchlar akademiyasiga nasib etgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti jamoasi band etdi. O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlaridan iborat jamoa esa uchinchi pog‘onani egalladi.
Ingliz tili fani bo‘yicha umumjamoaviy hisobda:
1-o‘rin — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti;
2-o‘rin — Qurolli Kuchlar akademiyasi;
3-o‘rin — Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti.
Informatika fani bo‘yicha ham o‘rinlar xuddi yuqoridagidek taqsimlandi.
Matematika fani bo‘yicha esa ko‘rsatilgan natijalar quyidagicha:
1-o‘rin — Qurolli Kuchlar akademiyasi;
2-o‘rin — Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;
3-o‘rin — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti.
Tadbir davomida Mudofaa vazirining buyrug‘iga binoan fan olimpiadasining yakkalik bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kursantlar va jamoalar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Akademiyada «Vatanparvarlik oyligi» doirasida III Paraosiyo o‘yinlarining chempion va sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Sportchilarimiz tadbir davomida so‘zga chiqib, o‘zlari haqida va shug‘ullanayotgan sport turi to‘g‘risida, shu bilan birga, qiziqishlari hamda kelajakda zabt etmoqchi bo‘lgan marralari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv yakunida sportchilar va yig‘ilganlar o‘rtasida o‘tkazilgan qiziqarli savol-javoblar davraga yanada fayz bag‘ishladi.
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026