Oq uy Afg‘onistondagi harbiylar ham olib chiqilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonga Afg‘onistondagi harbiylarni olib chiqish haqida farmoyish bermagan. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Garrett Markis Bloomberg muxbiriga ma'lumot berdi.
Afg‘onistondagi xalqaro harbiy kontingentga boshchilik qiluvchi general Skott Miller ham bunday buyruq olmaganini tasdiqlagan.
21 dekabr kuni Amerikadagi nashrlar 17 yil oldin Afg‘onistonga olib kirilgan amerikalik harbiylarning ortga qaytarilishi boshlanishi, Pentagon 2019 yilning yanvar oyida bu mamlakatdagi 14 ming nafar harbiydan 7 ming nafarini olib chiqishi haqida yozgandi.
Shu kuni AQSh Mudofaa vaziri Jyeyms Mettis iste'foga chiqdi. OAV bu iste'foni vazirning Donald Tramp bilan harbiylarni Suriya va Afg‘onistondan ortga qaytarish g‘oyasi bo‘yicha hamfikr bo‘lmagani bilan bog‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp IShID ustidan to‘liq g‘alaba qozonilganini e'lon qilgan va amerikalik harbiylarga Suriyani tark etishga buyruq bergandi. Keyinroq u Suriyadagi jangarilar qoldiqlariga qarshi kurash Rossiya, Turkiya va Eron kabi mamlakatlar tomonidan olib borilishi kerakligini aytdi.
Tavsiya etamiz
Amerika migrantlarni quvmoqda, Isroil yangi hujum boshlamoqchi - hafta dayjesti
Jahon | 13:44 / 26.01.2025
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp migrantlar to‘la samolyotlarni qabul qilmagan Kolumbiyaga sanksiya joriy qildi
Jahon | 01:22
-
Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 00:41
-
Belarusda saylov uchastkalari yopildi, ekzit-poll Lukashenko g‘alabasini ko‘rsatmoqda
Jahon | 00:20
-
Kolumbiya migrantlarga to‘la AQSh samolyotlarini o‘z hududiga kiritmadi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid
20:50 / 25.01.2025
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan Hayraton-Mozori-Sharif temiryo‘lidan foydalanish bo‘yicha shartnomani uzaytirdi
08:30 / 25.01.2025
Sobiq teleboshlovchi Pit Hegset Pentagon rahbariga aylandi
19:36 / 23.01.2025
XJS prokurori «Tolibon» yetakchisini hibsga olish uchun order berishni so‘radi
00:50 / 23.01.2025