Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezidentlar, boş vazirlar hamda boşqa siyosiy va jamoatçilik arboblariga yangi yil tabrigi yölladi. Tabrik matni Kreml matbuot xizmati tomonidan keltirildi.

Putin 40 nafarga yaqin davlat rahbarini tabriklagan, jumladan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni ham. Bu röyxatda Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko hamda Gruziya prezidenti Salome Zurabişvili yöq.

Putin har bir davlat rahbari uçun yöllagan tabrigida özaro aloqalardagi erişilgan yutuqlarni e'tirof etgan. Lekin Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II va boş vazir Tereza Meyga yöllagan tabrigida faqat «mustahkam soğliq, baxt va muvaffaqiyatlar» tilaş bilan çeklangan.

Suriya prezidenti Başar Asadga tabrigida esa Putin Rossiya kelgusida ham uşbu mamlakat suverenitetini himoya qilişda hamkorlik qilişiga va'da bergan.

AQŞ prezidenti Donald Trampga tabrigida Putin «Rossiya-Amerika munosabatlari xalqaro xavfsizlik va strategik barqarorlik ta'minlanişida muhim omil kasb etişi»ni qayd etgan. U Moskva tomoni muloqotlar uçun doimo oçiqligini ta'kidlab ötgan.

Bundan taşqari, Putin Abxaziya va Janubiy Osetiya yetakçilariga (Rossiya bu davlatlar mustaqilligini rasman tan olgan, Gruziya hamon bu hududlarni öziniki hisoblaydi) ham tabrik yöllagan.

Dekabr oyi boşida rossiyaliklar yetakçisi Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning qönğiroğini e'tiborsiz qoldirgandi, öşanda Poroşenko ukrainalik harbiylar Kerç böğozida yuzaga kelgan vaziyat tufayli qölga olinişi masalasini muhokama qilmoqçi edi. Putin öz harakatini Poroşenkoning saylovoldi kampaniyasida iştirok etiş niyatida emasligi bilan izohlagandi.

Saylovda ğolib bölişi bilanoq, 29 noyabr kuni Gruziya prezidenti Salome Zurabişvili Janubiy Osetiya va Abxaziyadagi jinoyatlarini eslatib, rasmiy Moskva bilan hamkorlik qilmasligini aytgandi.