Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, yurtdoshlarimiz bayram mushakbozligini quyidagi manzillarda jonli tomosha qilishlari mumkin:
Yunusobod tumanida: Yangi shahar ko‘chasi va Yangi Yunusobod ko‘chasi kesishmasida, Yangi shahar va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmasida.
Xalqlar do‘stligi maydonida: Xalqlar do‘stligi maydoni, Beshyog‘och maydoni, Seul hamda Bobur ko‘chalarida;
Chilonzor tumanida: Bunyodkor ko‘chasi va Kichik Xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasi kesishmasi, Bunyodkor yo‘li ko‘chasi hamda “Milliy” stadionining Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida joylashgan avtomobillar to‘xtash joyida.
Fuqarolardan mushakbozlik tadbiri doirasida ehtiyotkorlik choralarini unutmaslik so‘ralgan.
Ta'kidlash joizki, Yangi yil mushakbozligi tomoshalari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining barcha telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.











