Özbekiston – Osiyo Kubogidan oldin örtoqlik öyinlarini ötkazmagan yagona terma jamoa böladi.
Şu vaqtgaça Yaponiya terma jamoasi ham nufuzli turnirdan oldin, birorta öyin ötkazmay kelayotgandi. Ammo, 5 yanvar kuni «kök samuraylar» BAAning «Al-Vahda» klubi bilan nazorat öyini ötkaziş haqida kelişib olişdi.
Kun.uz manbasining ma'lumotiga köra, Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Ektor Kuper taktikasini oşkor qilmaslik uçun örtoqlik öyinlarini ötkazişni istamagan.
Osiyo Kubogi 5 yanvar – 2 fevral kunlari Birlaşgan Arab Amirliklarida ötkaziladi. Unda tarixda ilk marotaba 24ta jamoa iştirok etadi. Özbekiston terma jamoasi Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan bir guruhdan joy olgan.













