Özbekiston futbol assotsiatsiyasi sport jurnalistlari va muxlislar örtasida sörovnoma ötkaziş orqali 2018 yilning eng yaxşi futbolçisi va murabbiyini aniqladi.

Ovoz beriş jarayoni yakunlariga köra, Özbekiston terma jamoasi va Xitoyning «Şanxay SIPG» klubi yarimhimoyaçisi Odil Ahmedov Özbekistonda 2018 yilning eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Sörovnomada ikkinçi örinni «Lokomotiv» hujumçisi Marat Bikmayev egallagan bölsa, BAAning «Şarja» jamoasi yarimhimoyaçisi Otabek Şukurov va şu oy Janubiy Koreyaning «Seul» klubi bilan şartnoma imzolagan Ikrom Aliboyev yuqori uçlikka yakun yasab berdi.

Murabbiylardan esa Özbekiston olimpiya terma jamoasi boş murabbiyi Ravşan Haydarov eng köp ovoz töpladi. Undan keyingi örinlardan mos ravişda «Bunyodkor»ning sobiq boş murabbiyi Mirjalol Qosimov va «Lokomotiv» ustozi Andrey Fyodorov joy oldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq PFL tomonidan Superligada yil laureatlari taqdirlangan, unga köra «Paxtakor»ning braziliyalik hujumçisi Tiago Bezerra Özbekiston çempionatida yilning eng yaxşi futbolçisi, «Lokomotiv» boş murabbiyi Andrey Fyodorov yilning eng yaxşi murabbiyi deb e'tirof etilgan edi.