Xitoyning Xiaomi kompaniyasi tomonidan işlab çiqariluvçi Redmi smartfonlar lineykasi alohida brendga aylantiriladi, deya xabar beradi GizmoChina.
Xiaomi boş direktori Ley Tszyunning izoh berişiça, işlab çiqarilayotgan smartfonlar ikki brendga ajratiladi, ular sotuvlarga yondaşuv jihatidan farqlanadigan böladi. Mi brendi ostida yuqori sifatli premium-toifa qurilmalar işlansa, Redmi brendi ostida — byudjyet gadjyetlar işlab çiqariladi.
Yangi brendning yölga qöyilişi Xitoyda 10 yanvarga möljallangan, şu kuni 48 megapiksel kamerali birinçi smartfon namoyiş etiladi.
Manbada ta'kidlanişiça, Xiaomi'ning yangi strategiyasi ilgari Huawei kompaniyasi qöllagan strategiyaga yaqin. Huawei yuqori sifatli telefonlarni işlab çiqarişga diqqatni qaratgan bölsa, uning şö'ba brendi hisoblangan Honor byudjyet qurilmalarni işlab çiqariş bilan şuğullanadi.













