Xitoyda OAV «yoruvçi Jyek» deb nomlagan Gao Çengen ismli turkum qotil qatl etildi. U 1988 yildan 2002 yilgaça 11 nafar ayol va qizning umriga zomin bölgan. Bu haqda BBC xabar qildi.
54 yoşli qotil Gansu provinsiyasida yaşagan va 2016 yilda qölga olingan.

U birinçi qotillikni 1988 yil mayida amalga oşirgan. Öşanda 23 yoşli ayol uning qurboniga aylangan. Uning sönggi qurboni 8 yoşli qizaloq bölgan. 

Gao Çengen 2016 yilning avgustida DNK tekşiruvidan söng qölga olingan va 2017   yilda sud uni ölim jazosiga hukm qilgan.

Foto: Reuters