O‘zbekistonda sir saqlanadigan ma'lumotlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi

Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda foydalanishga cheklovlar mavjud ma'lumotlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
investitsiya va yuqori texnologiyalarni jalb etishga to‘siq bo‘layotgan cheklovlarni bekor qilish;
neft va gaz tarmog‘iga oid yopiq ma'lumotlarni xatlovdan o‘tkazib, ulardan ochiq foydalanish imkonini yaratish;
qonun hujjatlariga muvofiq sir saqlanadigan ma'lumotlar ro‘yxatini, tegishli tarmoqlar ro‘yxatlarini qayta ko‘rib chiqish;
geodeziya va kartografiya sohasida davlat sirlarini saqlash va ochiq foydalaniladigan kartografik materiallarni yaratish tartibini ishlab chiqish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 aprel, ijro uchun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, DXX, Mudofaa vazirligi, FVV, “O‘zbekneftgaz” AJ, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
-
Rossiya bosqinni faollashtirdi, Tramp jamoasida qutblanish – tahlilchilar nima deydi?
Jahon | 23:09 / 17.04.2025
-
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi
Jahon | 23:07 / 17.04.2025
-
Skandinaviya muzliklari shiddat bilan eriyotgani ma’lum qilindi
Jahon | 22:40 / 17.04.2025
Mavzuga oid

09:48 / 24.06.2023
Rossiyada davlat sirlari moddasi bo‘yicha 20 dan ortiq ish qo‘zg‘atildi

18:30 / 20.11.2020
Senator: «Davlat dasturining qonun ustuvorligi va sud-huquq yo‘nalishida 10 tadan 4 ta band bajarilgan»

20:40 / 02.03.2020
O‘zbekistonda «Elektron parlament» tizimi joriy etiladi

14:40 / 29.10.2019