2019 yil 1 yanvardan boşlab, Özbekistonda köplab korxonalar qöşilgan qiymat soliğini (QQS) tölaşga ötişdi. Bu haqda saytimizda turkum maqolalarni, mutaxassislarning fikrlarini yoritib borayotgan edik.

Bu maqola esa Kun.uz sayti öquvçisi Şukurulla Fayzullayev tomonidan yuborilgan bölib, unda QQS böyiça muştariyning fikr va mulohazalari keltirilgan.

Soliq islohotining zarurligini köpçilik tuşunib yetgan. Unifikatsiya qilingan yagona soliq tölovi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişga haqiqatan ham tösiq bölayotgan bölişi mumkin. Buning ustiga soliq islohoti kompleks tarzda olib borilayotgani, jumladan, daromad va dividendlardan olinadigan soliqlarning kamaygani, aksiz soliqlarining bir qator hollarda bekor qilinişi, bojxona yiğimlarining kamaytirilişi yoki bekor qilinişi yaxşi, albatta. Lekin men hozir faqat qöşilgan qiymat soliği — QQS haqida töxtalmoqçi edim.

Sönggi kunlarda QQS bilan boğliq gap-sözlar juda ommaviy tarzda muhokama qilinyapti. Bu töğri ham, çunki soliqlarning özgarişi tovarlar va xizmatlarning narxiga ta'sir qiliş orqali har bir fuqaroning çöntagiga ta'sir qilişi aniq.

Bu muhokamalarda QQS alohida körsatilgan dökon çeki şov-şuvga sabab böldi. Ba'zi hurmatli tadbirkorlarimizning yozişiça, dökondagi narxlar hali oşmagan, QQSning alohida qatorda körsatilişi — davr talabi. Moliya vazirligi va boşqa davlat taşkilotlari esa QQSning joriy etilişi tovarlar va xizmatlar narxining oşişiga olib kelmaydi, deb bizni işontirişmoqçi. Ruxsatingiz bilan mana şu gaplarga öz munosabatimni bildirsam.

1. Dökonlardagi narxlar 1 yanvar holatiga deyarli oşmagan, degan iddaoga qöşilaman. Çunki hali köpçilik işlab çiqaruvçilar va yetkazib beruvçilar tomonidan QQS joriy etilgani yöq. QQS böyiça tegişli normativ hujjatlar 2018 yilning oxirgi kuniga qadar özgarib turdi. Masalan, göşt, non va ba'zi sabzavot mahsulotlari QQSdan ozod etilgani yil söngida ma'lum böldi. Şuning uçun deyarli barça işlab çiqaruvçilar öz mahsulotlarini eski narxlarda sotyapti, vaziyatning aniqlaşuvini kutyapti. Dökonlar ham ilgarigi mavjud narxlardan faqat QQSnigina alohida körsatyapti, xolos.

2. “Narxlar özgaradimi?”, degan savolga men: “Ha, hoynahoy özgaradi va oşadi”, deb javob beraman. 2 yanvar kuni Kun.uz saytida “Qöşilgan qiymat soliği narx oşişiga olib keladimi?” sarlavhali material çop etildi. Maqolada şokolad işlab çiqaruvçi öz mahsulotini QQS bilan 3000 sömga sotganda 300 söm soliq tölaşi misol qilib keltirilgan. Holbuki eskiça Yagona soliq tizimida soliq summasi 150 söm bölar edi. Şu misolning özida körinib turibdiki, QQS kiritilgaç, soliq summasi 150 sömga, ya'ni ikki barobarga oşgan. Bu soliq bosimi oxir-oqibatda xaridorning yelkasiga tuşişi aniq. Şunday ravşan körinib turgan vaqtda davlat taşkilotlarining “QQSning kiritilişi tovarlar va xizmatlar narxining oşişiga olib kelmaydi”, deyişi ğalati.