09:40 / 05.01.2019
3451

La Liga. «Espanol» mag‘lubiyatlar seriyasiga barham berdi

Foto: La Liga

La Liganing 18-turi doirasida dastlabki ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ligada 6ta o‘yindan buyon faqat mag‘lubiyatga uchrab kelayotgan «Espanol» so‘nggi 2 oy ichida ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Jamoa o‘z maydonida «Leganes»ni kichik mag‘lub etdi. Borja Iglesias 9-daqiqada o‘yindagi yagona golni urib, mavsumdagi gollari sonini 9taga yetkazdi.

Yana bir bahsda teng 22 ochko bilan 8-9 o‘rinlarni band etib borayotgan «Levante» va «Jirona» o‘zaro kuch sinashdi, uchrashuv durang bilan yakun topdi – 2:2. Natijada g‘alabasiz seriya valensiyaliklarda 4, jironaliklarda 5ta o‘yinga yetdi.

Ispaniya chempionati
18-tur, 4 yanvar
Levante – Jirona 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 31 Portu, 1:1 – 58 Morales, 1:2 – 72 Aleish Garsiya, 2:2 – 86 Koke.
Chetlatish: Postigo (69, Levante).

Espanol – Leganes 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 9 Iglesias.
Chetlatish: Gumbau (90, Leganes).

5 yanvar (bugun)
17:00. Valyadolid – Rayo Valekano
20:15. Alaves – Valensiya
00:45. Ueska – Betis

6 yanvar (yakshanba)
16:00. Eybar – Vilyarreal
20:15. Sevilya – Atletiko
22:30. Real Madrid – Real Sosedad
00:45. Xetafe – Barselona

7 yanvar (seshanbaga o‘tar kechasi)
01:00. Selta – Atletik

Mavzuga oid
Top