Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Boşqaruvi 2018 yil 29 dekabrda “Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyatiga (Toşkent şahri) bank operatsiyalarini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya beriş töğrisida qaror qabul qildi.

Bunday nomdagi bank paydo bölişi haqida 2017 yilda xabarlar tarqalgandi. Öşanda bu aksiyadorlik tijorat uy-joy-quriliş jamğarma banki bölişi haqida ma'lumot berilgandi.

«Poytaxt bank» faoliyatining asosiy vazifalari va yönalişlari quyidagilardan iborat böladi:

aholi va yuridik şaxslarning uy-joyga bölgan talablarini qondiriş borasida ularga ipoteka krediti beriş va bank xizmatini körsatiş;

arzon köp kvartirali uylarni quruvçi pudrat taşkilotlariga kredit resurslarini taqdim etiş;

arzon köp kvartirali uylarni loyihalaştiriş va quriş borasida buyurtmaçi vazifasini bajariş;

Toşkent şahrida köp kvartirali uylarni quriş va ta'mirlaşni amalga oşiruvçi ixtisoslaşgan pudrat taşkilotlarini kreditlaş va lizing xizmatlari körsatiş;

xorijiy investitsiyalar, şu jumladan, zayomlar hamda arzon köp kvartirali uylarni qurişni moliyalaştiriş uçun xalqaro moliyaviy institutlarning texnik kömagini jalb etiş;

investitsiya faoliyatini, jumladan muhandislik infratuzilmasini sifat jihatdan yaxşilaşni nazarda tutuvçi işlanmalar va loyihalarni moliyalaştirişni amalga oşiriş;

zamonaviy, tejamli, energiya tejovçi va talab etilgan quriliş materiallari va asbob-uskunalarni işlab çiqaruvçi taşkilotlarni kreditlaş;

universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy şaxslarga boşqa bank xizmatlarini körsatiş.

«Poytaxt bank»ning ustav kapitali boşlanğiç hissa tariqasida Toşkent mahalliy byudjyetidan 3 mlrd söm jalb qiliş, şuningdek yuridik va jismoniy şaxslar, jumladan xorijiy investorlarning mablağlarini jalb etişni inobatga olgan holda kamida 10 mln yevro ekvivalentida şakllantirilişi mumkin.