Olimlar teri saratoni rivojlanishini to‘xtatish yo‘lini topishdi
Avstraliyaning Kvinslend universiteti olimlari melanoma (terining yomon sifatli o‘simtasi) rivojlanishini to‘xtatishga yordam beruvchi usulni topishdi.
Ma'lum qilinishicha, olimlar guruhi o‘simtalarning qon aylanishiga javob beruvchi hujayralarni “o‘chirish”ning usulini topishgan. Qon kelmasa o‘simtalar ham o‘sa olmaydi.
Olimlarning aytishicha, bu funksiya uchun asos hujayralar guruhi javob beradi.
“Agar bu asos hujayralardan xalos bo‘linsa, unda qon tomirlari hosil bo‘lmaydi, o‘simtalar esa o‘smaydi va boshqa joylarga tarqalmaydi”, deb aytgan professor Kiarash Xosrotegrani.
Olimlarning ta'kidlashicha, melanomaning teridan tananing boshqa a'zolariga o‘ta olishi odamlarga xavf solishining asosiy sababi hisoblanadi.
“O‘simtalar limfa tugunlari yoki o‘pkaga tarqalishidan oldin organizm bu sohalarda qo‘shimcha qon tomirlari o‘stira boshlaydi, ya'ni go‘yoki saraton uchun maxsus “o‘yiqlar” yaratadi”, deb aytgan doktor Jatin Patel.
Ma'lum qilinishicha, olimlarning keyingi tadqiqoti bu “o‘yiqlar”ni bloklashga qaratiladi.