Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar ruhiy buzilishi mavjud shaxslarni majburiy davolashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini rad etishdi
2019 yil 7 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Hukumat a'zolari, qator vazirlik, idoralar, davlat tashkilotlari va jamoat birlashmalari vakillari bilan bir qatorda, xalq deputatlari Toshkent shahri va poytaxt tumanlari Kengashlari deputatlari ham qatnashdi.
Deputatlar shaxsning aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy nuqsonlari aniqlangan shaxslarga nisbatan qo‘llanishi ko‘zda tutilgan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari hamda bunday choralarni qo‘llash tartibi bo‘yicha Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ko‘zda tutadigan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar.
Prezidentning 2018 yil 16 martdagi “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tayyorlangan ushbu qonun loyihasi bilan yuqoridagi kodekslarga ijtimoiy xavfli qilmishlarni sodir etgan, aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy holati buzilganlikdan aziyat chekuvchi shaxslar uchun jazo bilan birgalikda tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibini belgilash hamda majburlov choralarini o‘tash tartibini aniqlashtirishga doir tegishli o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Deputatlarning fikricha, qonun hujjatlarida sud-psixiatriya ekspertizasi o‘tkazishda aniqlanishi lozim bo‘lgan masalalardan biri shaxsning aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy nuqsonlari bor-yo‘qligi bilan bog‘liq omildir. Hozirgi kunga qadar sud-psixiatriya ekspertizasi jarayonida ushbu toifadagi shaxslar aniqlanishiga qaramay, qonunchilikda ularga nisbatan hech qanday majburiy davolash choralari ko‘zda tutilmagan. Loyihaning qabul qilinishi aqli rasolikni istisno etmaydigan ruhiy buzilishlari aniqlangan, sud tomonidan jazo tayinlangan shaxslarga nisbatan jazo bilan birgalikda tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash va ularni psixiatr shifokorlarning nazoratisiz qoldirmaslikka imkon beradi.
Qonun loyihasi yuzasidan kechgan muhokamalar jarayonida deputatlar ushbu hujjat inson taqdiriga daxldorligini inobatga olib, qonun tashabbuskorlariga bir qator hayotiy savollar bilan murojaat etdi. Bahs-munozaralar yakunida mazkur loyihani norma ijodkorligi talablariga to‘la javob beradigan qilib yanada pishiq-puxta ishlash taklifi ilgari surildi. So‘ng qonun loyihasi ovozga qo‘yildi. Biroq u yetarlicha ovoz ololmadi va qayta ishlash uchun mas'ul qo‘mitaga qaytarildi.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
11:42 / 18.03.2026
O‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni internetga tarqatganlik uchun javobgarlik kiritilmoqda
18:21 / 18.02.2026