Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiya avtomobillarining eng yirik importchilaridan biriga aylandi
O‘zbekiston Rossiyadan yengil avtomobillar eksporti hajmi bo‘yicha davlatlarning top-3ligiga kirdi. Bundan «Avtostat» agentligi ma'lumotlari darak bermoqda.
2018 yilning 11 oyida Rossiya Federatsiyasidan 26 mingga yaqin yengil avtomobil boshqa mamlakatlarga (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar bundan mustasno) eksport qilindi.
Ushbu miqdorning 70%dan ortig‘i besh mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi. Chexiya ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi, u yerda Rossiyada yig‘ilgan 6,3 ming dona avtomobil olib chiqildi. Ukraina Rossiyadan import qilingan 3,8 ming avtomobil ko‘rsatkichi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikka O‘zbekiston yakun yasab berdi, bu yerga 3,1 mingta avtomobil eksport qilindi.
Shuningdek, Latviya va Ozarboyjonga amalga oshirilgan eksport hajmi ham ancha yirik bo‘ldi - mos ravishda 2,9 ming va 2,4 ming dona.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda avtomobil, temiryo‘l va aviatashuv xizmatlari rivojlantirilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:05 / 03.07.2026