Moliya vazirligi Ğaznaçiligida budjet va soliq kodekslariga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalar böyiça yiğiliş bölib ötdi. Yiğilişda Moliya vazirligi Ğaznaçiligi boşliğining birinçi örinbosari Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi, Toşkent şahri böyiça Soliq, Moliya va Ğaznaçilik boşqarmalari mas'ul xodimlari iştirok etişdi.

Yiğilişda Özbekiston Respublikasi budjet va soliq kodekslariga Özbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi ÖZQ-508-sonli «Soliq va budjet siyosatining 2019 yilga möljallangan asosiy yönalişlar qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Qonunga muvofiq kiritilgan özgartiriş va qöşimçalar muhokama qilindi.

Soliq kodeksining 56-57-moddalariga kiritilgan özgartirişlar natijasida soliqning ortiqça tölangan summalarini hisobga oliş yoki qaytariş endilikda tegişli moliya organlarning örniga Moliya vazirligi Ğaznaçiligi orqali amalga oşirilişi belgilab qöyildi. Bu ortiqça va notöğri tölangan soliq hamda boşqa majburiy tölovlarni tezkorlik bilan qaytarilişini ta'minlaydi.