Turkmaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Arslanmurat Amanov zarba bergan to‘pning tezligi soatiga 113 kilometrga yetdi. Bu haqda alkass telekanali o‘zining tvitter-akkauntida xabar berdi.

Amanov Yaponiya terma jamoasiga qarshi Osiyo Kubogining 1-tur o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
«Buxoro» futbolchisi 26-daqiqada Yaponiya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol etib, hisobni ochdi.
Turkmenistan's 🇹🇲 Arslanmurat Amanov has just scored this to go ahead v Japan. pic.twitter.com/zrHqKwQp1A
— Artur Petrosyan (@arturpetrosyan) January 9, 2019
Eslatib o‘tamiz, bugun Osiyo Kubogi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Ummon termasiga qarshi maydonga chiqadi.
















