O‘zbekiston prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Hujjatga muvofiq, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini o‘rganishning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha Komissiyaga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

·        sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida sektorlarning “tuman (shahar) – viloyat – respublika” tamoyili asosida ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish hamda faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralarida vertikal boshqaruv tizimini joriy etish;

·        har chorakda kamida bir marotaba Komissiya yig‘ilishida sektorlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tahlil etish, sektorlarda amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar samaradorligini baholash, ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash hamda sektorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilayotgan byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni muhokama qilish;

·        hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha respublika darajasida yechiladigan muammolarni hal etishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;

·        sektorlar rahbarlarining faoliyatini hududlarning rivojlanish ahvolidagi real o‘zgarishlardan va boshqa haqqoniy mezonlardan kelib chiqib xolisona baholash;

·        har bir hududda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha hududiy va respublika “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish, ularda nazarda tutilgan tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilash;

·        hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli topshiriqlar belgilash hamda ularning ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;

·        O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot va alohida o‘rnak ko‘rsatgan sektorlar rahbarlari, davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun ularni javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritish.

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Komissiyaning ishchi organini belgilaydi.

Hujjat bilan, 2019 yil 1 fevraldan quyidagi tartib joriy etildi: