Poroshenkoning “mast holda” tushgan suratiga izoh berildi
Ukrainalik jurnalist Yuriy Butusov Facebook’da Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2015 yildagi harbiy tadbirdan olingan suratda “mast hol”da ko‘ringaniga tushuntirish berdi.
“Poroshenkoning yuzi boshqa sababga ko‘ra qizil bo‘lgan. Telejurnalistlar buni ko‘rishmagan, chunki ularni otish mashqlari o‘tkazilgan maydonchaga kiritishmagan”, deb yozgan Butusov.
Uning aytishicha, u kamerasiz bo‘lgani sabab poligonga kira olgan. Jurnalistning ma'lum qilishicha, o‘sha kuni Poroshenkoga snayper miltig‘i namoyish qilingan va undan otib ko‘rish taklif qilingan. Biroq prezident miltiq otish vaqtida orqaga qattiq urishidan ogohlantirilmagan. Oqibatda Ukraina rahbari “optik nishonga olgichga ko‘zini qo‘yib turib o‘q uzganda ko‘zidan qattiq zarba olgan”.
Shunga qaramay, Poroshenko shikastlangan yuzini boshiga kepka kiyib berkitib, matbuot vakillari bilan uchrashishga rozi bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
14:56 / 12.11.2024
Makron va Starmer Tramp g‘alabasidan keyin ham Ukrainani qo‘llashda «sobit» bo‘lishga va’da berishdi
11:51 / 12.11.2024