Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: Xorijning yetakchi universitetlari filiallarini ochish ham o‘ziga xos investitsiya
8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Prezident videoselektorda xorijiy davlatlarning yetakchi universitetlari filiallarini ochish oliy ta'lim sohasiga kiritilgan yaxshi investitsiya ekanini, bilimli, zamonaviy mutaxassislar mamlakatga katta manfaat keltirishini ta'kidlagan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 91ta oliy ta'lim muassasasi mavjud, shundan 11tasi xorijiy oliy ta'lim muassasalari va filiallaridir. Ayni vaqtda respublikada Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Singapur, Italiya kabi davlatlarning oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi qaroriga muvofiq, ularning safiga Toshkent shahrida tashkil etiladigan yangi Hindistonning Amiti universiteti ham qo‘shildi.
Ushbu universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari tayyorlanadi, ular dasturiy ta'minot ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida tahsil olishadi.
Mavzuga oid
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026