Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning umid bildirishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ikkinchi uchrashuv vaqtida jahon hamjamiyati tomonidan ma'qullanadigan natijalarga erishiladi. KXDR rahbarining so‘zlari «Sinxua» tomonidan keltirilgan.

Qayd etilishicha, Kim Chen In Xitoy yetakchisi Si Tszinpin bilan uchrashuv davomida shunday bayonot bergan.

Shimoliy Koreya yetakchisining ta'kidlashicha, KXDR yarim orolni yadrosizlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.

«[Shimoliy Koreya] KXDR - AQSh ikkinchi sammiti davomida xalqaro hamjamiyat tomonidan ma'qullanadigan natijalarga erishish uchun sa'y-harakatlarni amalga oshiradi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Kim Chen In.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Xitoyga kim bilan kelgani ma'lum qilingandi.