“DURABLEBETON” BAB majmuasi O‘zbekiston bozorida bir yildan kam vaqt davomida faoliyat ko‘rsatmoqda, biroq bu davr ichida u o‘zini tajribali hamkor sifatida namoyon eta oldi, shuningdek, Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida eng yirik beton ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib qoldi. “DURABLEBETON” beton qorishmalarining katta hajmda ishlab chiqarilishi, yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarish uchun to‘sqinlik qilmayapti, sababi jamoada yuqori malakali mutaxassislar mehnat qiladilar.

Foto: Durable Beton

Bunday yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarilishi, kompaniyaning barcha betonni aralashtiruvchi jihozlari zamonaviy uskunalar vositasida ishlayotgani bilan izohlanadi, texnologik jarayonlarda standartlarga amal qilinishi ustidan nazorat yuritish, yuqori malakali mutaxassislarning zimmasiga yuklatilgandir. Mahsulot sifati esa GOST, KMK va  ShNK standartlariga to‘la muvofiq bo‘lib, sifat pasporti bilan tasdiqlanadi.

“DURABLEBETON” tovar beton va turli markadagi sement-qumli aralashmalar ishlab chiqaradi. Qish mavsumida nafaqat issiq suvdan foydalanilinibgina qolmay, muzlashga qarshi qo‘shimchalar ham qo‘llaniladi , bu esa o‘z navbatida yil davomida monolit qurilish jarayonini uzluksiz olib borish imkoniyatini beradi.

Foto: Durable Beton

Kompaniyada, beton aralashtiruvchi jihozlarning geografik joylashuvidan foydalangan holda, materiallarni yetkazib berishni nazorat qilish, kelgusida rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmlarini tahlil etish va bundan kelib chiqib, omborlarni xomashyo bilan muntazam to‘ldirib borish, shuningdek, butun ishlab chiqarish hajmini teng taqsimlash imkoniyati mavjuddir. Oxirgi holatda, buyurtmachi betondagi barcha xususiyatlar saqlanib qolgan tarzda qabul qiladi.

Kompaniya, betonni yetkazib berishdan joylashtirishgacha bo‘lgan hamkorlikning barcha bosqichlarida kun-u tun qo‘llab quvvatlashni ta'minlaydi: barcha qurilish ishlari yakuniga yetgunga qadar, beton markasidan to to‘ldiruvchini tanlash jarayonigacha. “DURABLEBETON” maxsus transportlar parki va zamonaviy logistika markaziga ega ekanligi, ishlab chiqarilgan tayyor betonni kompaniyaga tegishli transport vositalarida buyurtmachiga yetkazib berish imkoniyatini yaratadi. Har bir yo‘nalish individual tarzda logistik markaz mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi va GPS navigatsiya uskunasi orqali kuzatib boriladi.