Özbekiston Respublikasi Prezidentining 3 yanvar kungi «Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirişni davlat tomonidan tartibga soliş va boşqarişning samarali modelini işlab çiqiş töğrisida»gi farmoni qabul qilindi. Hujjat matnini ÖzA keltirib ötdi.
Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 martdan boşlab Jizzax viloyatida «Ilğor hudud» sinov loyihasi amalga oşiriladi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:
normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş, davlat tomonidan tartibga soliş va boşqariş sohasini tahlil qiliş va baholaş;
hududni jadal rivojlantiriş uçun ilğor qarorlarni aniqlaş, şuningdek, respublika va hududiy ijro hokimiyati organlarining javobgarlik sohasini aniqlaştiriş;
hududning strategik maqsadlari, şuningdek, hududiy davlat boşqaruvi organlari uçun maqsadli körsatkiçlarni şakllantiriş mexanizmlarini işlab çiqiş;
hudud aholisining yaşaş şaroitlarini yaxşilaş va daromadlarini oşiriş;
tarkibiy islohotlar yordamida investitsiyaviy muhitni yaxşilaş;
«Bir qişloq – bitta mahsulot» tamoyili böyiça talab yuqori bölgan tovarlarni işlab çiqariş uçun şart-şaroitlarni jadallik bilan yaratiş;
iqtisodiy faoliyatni rağbatlantiriş va sanoatning yangi tarmoqlarini rivojlantiriş, Jizzax viloyatida işlab çiqariladigan mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoşligini oşiriş uçun şart-şaroitlarni yaratiş.
Loyiha boşqaruvi milliy agentligi sinov loyihani tizimli va samarali tayyorlaş hamda amalga oşiriş uçun mas'ul organ hisoblanadi.
Agentlikning sinov loyihani amalga oşiriş doirasida qabul qilgan qarori, boşqaruv xususiyatidagi topşiriqlardan taşqari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar, xöjalik sub'yektlari tomonidan bajarilişi majburiy hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, idoralar va Jizzax viloyati hokimligining Agentlik bilan özaro samarali hamkorligini ta'minlaydi hamda sinov loyihani amalga oşiriş böyiça Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarişda har tomonlama kömaklaşadi.

















