Rossiyada chegarani buzgan yo‘lovchi samolyotlarni urib tushirish taklif qilindi
Rossiyada mamlakat havo chegarasini buzgan, bortida yo‘lovchilar bo‘lgan fuqarolik samolyotlarini urib tushirishga ruxsat beriladi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hukumat qarori loyihasiga asosan yozmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, laynerning atayin halokatga uchratilishi ekologik falokatga, odamlarning ommaviy halok bo‘lishiga yoki strategik obektlarning yo‘q qilinishiga olib kelishi bo‘yicha xavf mavjud bo‘lgan taqdirda, urib tushirish ro‘y beradi. Birinchi navbatda, gap parvozsiz zonalarga kirgan laynerlar haqida ketmoqda.
Shu bilan birga, urib tushirishga qadar uchuvchi oqibatlar haqida xabardor etiladi, tutib olishga urinish yuz beradi va kerak bo‘lganda unga hamrohlik qilinadi.
Harbiy mahkamadan qayd etishlaricha, tayyorlangan choralar ko‘pgina mamlakatlarda, shu jumladan, AQShda mavjud bo‘lgan qoidalar bilan bir xil. Hozirgi vaqtda ushbu hujjat idoralararo muvofiqlashtiruv bosqichida.
1983 yilda Nyu-York - Ankorij - Seul yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan fuqarolik samolyoti, noma'lum sabablarga ko‘ra, kursdan chetga chiqib, SSSR havo hududiga kirgan va qator harbiy obektlar hamda Saxalin oroli ustidan o‘tgan. Layner sovet ittifoqiga qarashli Su-15 qiruvchisi tomonidan tutib olingan va urib tushirilgan, natijada 269 kishi halok bo‘ldi. Moskvaning rasmiy pozitsiyasi shundan iborat bo‘lganki, chegaraning buzilishi SSSR havo hujumidan mudofaa tizimini bu tumanda o‘rganish bo‘yicha qasddan qilingan harakatga aylangan.
Tavsiya etamiz
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
Bayroqdagi yangi yulduzlar: AQSh hududlarni qanday qo‘lga kiritgan?
Jahon | 18:08 / 15.01.2025
Qonuniy taksi bozori qariyb 6 trln so‘mgacha o‘sdi
Iqtisodiyot | 09:47 / 15.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Durov Fransiyadagi tergovchilarga Telegram moderatsiyasini yaxshilashga va’da berdi
Fan-texnika | 01:38
-
Apple yangilangan iOSʼdan sun’iy intellekt asosida ishlaydigan funksiyasini o‘chirib qo‘ydi
Fan-texnika | 00:50
-
Qozog‘iston va Rossiya chegarasida joylashgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti yopiladi
Jahon | 00:18
-
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Mavzuga oid
02:51 / 17.01.2025
Putin zaxiradagi fuqarolarni yig‘inlarga chaqirishga oid farmonni imzoladi
23:55 / 16.01.2025
Koreyslar Kurskda shiddat bilan urushmoqda. Nega?
15:20 / 16.01.2025
Rossiya elchisi Kiselevning gapi tufayli Armaniston TIVga chaqirildi
14:07 / 16.01.2025