Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Botir Asadillayeviç Xöjayev Iqtisodiyot vaziri lavozimidan ozod etilib, yangi taşkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlangani haqida ilgariroq xabar bergan edik.
Şuningdek, Ravşan Ayuboviç Ğulomov vazirning birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangani ham xabar qilingandi.
Kun.uz manbasining xabariga köra, Iqtisodiyot va sanoat vazirining yana bir örinbosari tayinlangan.
Şu vaqtgaça Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetining ilmiy işlar böyiça prorektori lavozimida işlab kelgan Botir Şukurullayeviç Usmonov Iqtisodiyot va sanoat vaziri örinbosari etib tayinlandi.
Keça Özbekiston Prezidentining “Iqtisodiy rivojlaniş sohasida davlat siyosatini amalga oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta taşkil etilgan edi.

















