Hukumat qaroriga muvofiq, Toşkent kimyo-texnologiya instituti rektori Şuhrat Ahmadjanoviç Mutalov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingan.
2001 yildan buyon mazkur institutda turli lavozimlarda işlagan Şuhrat Mutalov 2017 yil iyunidan buyon institutga rahbarlik qilib kelayotgandi. Ayni vaqtda u qaysi lavozimda faoliyatini davom ettirişi töğrisida ma'lumot yöq.

Uning örniga Botir Şukurillayeviç Usmonov institut rektori lavozimini egallagan.
Botir Usmonov 1968 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan, 1993 yilda Qozon davlat texnika universiteti, 1999 yilda Andra universiteti (Hindiston), 2001 yilda Hamburg texnika universitetini tamomlagan.
2013-2016 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining fan böyiça örinbosari bölgan, 2016-17 yillarda V.M.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Toşkent şahridagi filiali «Amaliy matematika va informatika» kafedrasi dotsenti bölgan, 2017 yili Toşkent axborot texnologiyalari universitetida ilmiy işlar böyiça prorektor, 2017-2019 yillarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektor bölgan. 2019 yildan hozirgaça Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Bundan avvalroq Xalq ta'limi vazirining birinçi örinbosari Alişer Umarov Toşkent davlat pedagogika universitetiga, Maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari Sobitxon Turğunov esa Namangan davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlangani

















