Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadan O‘zbekistonga: Kurbuloqda to‘xtab qolgan mingta yuk mashinasi
Turkiyaning jami mingta yuk mashinasi 26 kundan buyon Kurbuloq shaharchasida O‘zbekiston tomon yo‘lga chiqolmay turibdi. Turkiyalik haydovchilar o‘tgan yilning 17 dekabrida Turkiyaning Eron Islom Respublikasi bilan chegaradagi Kurbuloq bojxona postiga yetib kelgan. Bojxona postida 500, post avtoturargohi yaqinida 500ta yuk mashinasi O‘zbekistonga o‘tish uchun ruxsatnoma blankalarini kutyapti.
Ihlas Haber Ajansi nashri xabariga ko‘ra, tranzit yuk mashinalari O‘zbekiston orqali Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga yo‘l olishni mo‘ljallagan.
Qayd etish kerakki, transport va logistika O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ahamiyatli masalalardan sanaladi. 2017 yilning 25 – 26 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Turkiya Respublikasiga tashrifi davomida bu borada ham kelishuvlar olib borilgan. Muzokaralar davomida ikki davlat hududidan o‘tadigan xalqaro transport yo‘llarining raqobatbardoshligi va jozibadorligini oshirish maqsadida tranzit tariflarini maqbullashtirish va preferensiyalar taqdim qilishga kelishib olingandi.

Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026