Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yetti davlat tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda
Foto: Valeriy Biryukov/TASS
12–13 yanvar kunlari Samarqand shahrida «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqoti tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston ishtirokida ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Uchrashuvda o‘zaro savdo hajmini oshirishga ko‘maklashish, transport va logistikani rivojlantirish, sanoat, energetika, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlariga investitsiyalar, innovatsiya va texnologiyalar jalb qilish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, madaniyat, ilm-fan, ta'lim va turizm sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Forumda Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov, shuningdek, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy ishtirok etmoqda.
Vazirlarning birinchi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
16:03 / 09.03.2026
Ayollar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda
11:39 / 28.02.2026
“17 ming dollarga Isroilga yuboraman”: Samarqandda gumonlanuvchi ushlandi
17:51 / 19.02.2026
Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining Samarqand viloyatida sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
08:21 / 19.02.2026