Jahon | 14:36 / 14.01.2019
10187
1 daqiqa o‘qiladi

"Domodedovo" aeroporti minalashtirilgani haqida anonim xabar kelib tushdi

Foto: RIA Novosti / Yevgeniy Biyatov

Moskvadagi "Domodedovo" aeroporti minalashtirilgani haqida anonim xabar olinganini tasdiqlaydi, zarur xavfsizlik choralari ko‘rildi, deb xabar qildi RIA Novosti aeroport xodimiga asoslanib.

Avvalroq Moskva favqulodda xizmatlar vakili mutaxassislar "minalashtirilganlik" haqida anonim xabar kelib tushganidan so‘ng "Sheremetevo", "Domodedovo" va "Vnukovo" aeroportlari binolarini tekshirishayotganini xabar qilgandi.

"Anonim xabar kelib tushganida standart xavfsizlik choralari ko‘riladi. Xabar kelib tushganidan so‘ng zarur qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rildi", deb ma'lum qilgan agentlik suhbatdoshi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid