Neyt Dias Habib Nurmagomedovni qo‘rqoq deb atadi

Foto: Said Tsarnayev / RIA Novosti
Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha amerikalik jangchi Neyt Dias rossiyalik sportchi Habib Nurmagomedovni qo‘rqoq, deb atadi. Bu haqda u Twitter’dagi o‘z akkauntida yozgan.
«Men senga tarsaki berdim, sen va sening yigitlaring esa hech narsa qila olmadi. Shu bilan yashayver. Sizlar qo‘rqoqsizlar», - deya yozgan 33 yoshli Dias.
Shu tariqa amerikalik Nurmagomedovning yaqinda boshqa bir jangchiga - irlandiyalik Konor Makgregorga murojaatiga munosabat bildirdi. Dias Las-Vegasdagi mehmonxonalardan birida Nurmagomedov va uning jamoasi bilan yuz bergan mojaro haqida eslatdi.
Rossiyalikning o‘z murojaatida qayd etishicha, Makgregor 7 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) doirasida tashkil etilgan musobaqadagi mag‘lubiyatidan so‘ng «sharmandalik bilan yashash»ga majburdir.
2018 yil oktabr oyida Dias oktagonda amaldagi chempion bilan uchrashish istagini bildirdi. Amerikalikning ta'kidlashicha, rossiyalik tayyor bo‘lganida, Nurmagomedov bilan jangga chiqadi.
7 oktabr kuni Nurmagomedov Makgregorni mag‘lub etdi va UFC’ning yengil vazndagi chempioni kamarini himoya qildi. Rossiyalik jangni to‘rtinchi raundda, raqibini taslim bo‘lishga majbur qilib yakunladi.
Dias Makgregor bilan ikki marta qafasda uchrashgan. Aynan u irlandiyalikni UFC’da birinchi marta mag‘lubiyatga uchratgan. Dias jami 19 g‘alabaga erishgan. Shuningdek, amerikalik 11 bora mag‘lubiyatni qabul qilib olgan. Nurmagomedov hech qachon o‘z faoliyatida taslim bo‘lmagan. Uning ro‘yxatida 27 g‘alaba bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov va Meyvezer o‘rtasidagi jang bir milliard dollarga baholangandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI G7 tashabbusi doirasida Ukrainaga yana 1 mlrd yevro to‘ladi
Jahon | 15:59
-
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 15:18
-
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
O‘zbekiston | 14:57
-
Rossiya Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga MDH davlatlari orasida eng kam mukofot puli to‘laydi
Jahon | 14:36
Mavzuga oid

18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi

18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV

21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi

19:55 / 01.07.2024