Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nissan’ning sobiq rahbariga turmada jiddiy bosim o‘tkazilayotgani ma'lum qilindi
Nissan’ning hibsga olingan sobiq rahbari Karlos Gonning rafiqasi huquq himoyachilariga Tokiodagi turmada jiddiy bosim o‘tkazilayotgan turmush o‘rtog‘iga yordam berish iltimosi bilan maktub yo‘lladi.
Karol Gon Human Rights Watch tashkilotining Yaponiyadagi bo‘limiga yo‘llagan xatida birorta odam uning turmush o‘rtog‘i kabi xo‘rlanishlarga uchramasligi kerakligini yozgan. Ayolning aytishicha, huquq himoyachilari Yaponiya huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Karlos Gon huquqlari buzilayotganiga munosabat bildirishlari kerak.
Karol Gonning ma'lum qilishicha, turmush o‘rtog‘i 39 kundan beri isitilmaydigan tor kamerada saqlanmoqda, faqatgina guruch va perlovka bo‘tqasi tanovul qilmoqda va shu sababli 7 kg.ga ozib ketgan. Bundan tashqari, Karlos Gon zarur dori vositalarini olmayapti.
Ayolning ta'kidlashicha, tergovchilar turli yo‘llar bilan turmush o‘rtog‘idan ko‘rsatmalar olishga urinishmoqda. Shu maqsadda ular mahbusni bir necha soatlab so‘roq qilishmoqda, qo‘rqitib, haqoratlashmoqda.
HRW’ning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Karol Gonning murojaatiga hozircha izoh berilmagan.
Karlos Gon dekabrda moliyaviy qonunchilikni buzishda ayblanib hibsga olingandi.
Mavzuga oid
23:35 / 15.11.2024
Fransiya prokuraturasi madaniyat vazirini sudga topshirishni talab qildi
20:04 / 23.11.2020
BMT Yaponiyadan Nissan sobiq rahbariga kompensatsiya to‘lashni talab qildi
15:17 / 08.07.2020
Karlos Gon o‘zining Yaponiyadan Livanga qochishini tashkillashtirgan shaxsga 862 ming dollar o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi
14:34 / 22.01.2020