Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda siyosiy mahbuslar uchun mo‘ljallangan nufuzli qamoqxonadagi hayot sharoiti oshkor etildi
Pekinda yuqori lavozimli amaldorlar uchun mo‘ljallangan Tsinchen nufuzli qamoqxonasida mahbuslarning hayot sharoiti oshkor qilindi. Ular haqida South China Morning Post’ga jazoni ijro etish muassasasidagi manbalar aytib bergan.
Gazeta suhbatdoshlarining aytishicha, Xitoyning bir vaqtlar eng qudratli siyosat arboblaridan biri bo‘lgan, jamoat xavfsizligi sobiq vaziri Chjou Yunkan qamoqxonada meva va sabzavotlar yetishtiradi. Ta'kidlanishicha, u alohida binoda joylashgan kamerada jazo muddatini o‘tamoqda, u yerda o‘zining kichik bog‘i ham bor. Ba'zan uning oldiga tashrif buyurganlar Chjou tomonidan yetishtirilgan mevalar yoki qovoqni o‘zlari bilan olib ketadi.
So‘nggi yillarda mamlakatdagi eng shov-shuvli korrupsiya mojarolaridan birida nomi qayd etilgan, Xitoy Kommunistik partiyasining Chuntsin shahridagi qo‘mitasi sobiq rahbari Bo Silay va uning sherigi, shahar politsiyasi sobiq boshlig‘i Van Litszyun qamoqda o‘zlarining sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishadi - kalligrafiya. Bo, bundan tashqari, qamoqxona kiyimini emas, balki kostyum va teridan tikilgan poyabzal kiyadi. Bundan oldin, ushbu imtiyoz boshqa yuqori martabali jinoyatchilar uchun ham mavjud edi. Shuningdek, Van ko‘p mutolaa qiladi va ingliz tilini o‘rganmoqda, deya aytib o‘tishdi manbalar.
Chjou Yunkan 2014 yilda hibsga olindi va partiya tartib-intizomini jiddiy buzish, katta miqdorda pora olish, davlat hamda partiya sirlarini oshkor qilish, shuningdek, zinokorlikda ayblandi. U Tsinchenda umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda.
Partiya qo‘mitasi sobiq rahbari Bo Silay 2013 yildan buyon korrupsiya va vakolatlarini suiiste'mol qilganlik uchun umrbod qamoq jazosini o‘tamoqda. Van Litszyun poraxo‘rlik uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Tsinchen qamoqxonasi Pekin shimolida joylashgan bo‘lib, uni «yo‘lbars qafasi», deb ham atashadi. U odatdagi qamoqxonalardan shu jihati bilan farq qiladiki, bunda yuqori lavozimdagi jinoyatchilar o‘z jazo muddatini o‘taydi. Shuningdek, uni Adliya vazirligi emas, balki XXR Jamoat xavfsizligi vazirligi tasarruf qiladi.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026