Armanistonning yangi parlamenti ilk yiğilişida mamlakat prezidenti Armen Sarkisyan boş vazir etib uşbu lavozimni vaqtinçalik bajargan Nikol Paşinyanni tayinladi. Tegişli farmon prezident saytida joylaştirilgan. 

Armaniston konstitutsiyasiga köra, mamlakat prezidenti parlament vakolatlari muddati boşlanişi bilanoq köpçilik qöllab-quvvatlagan nomzodni boş vazir etib tayinlaydi.

Vazirlar mahkamasi boş vazir tayinlangandan keyin 15 kunlik muddat içida şakllantiriladi. Söngra boş vazir 20 kun içida parlamentga vazirlar mahkamasi dasturini taqdim qilişi kerak. 

Dekabrdagi saylovlarga köra şakllantirilgan Armaniston parlamenti 132 deputatdan iborat böladi: hukmron blok “Mening qadamim” 88 örin, “Gullayotgan Armaniston” va “Yoruğ Armaniston” mos ravişda 26 va 18 örin oladi.