Kongo Demokratik Respublikasida ikki kun içida ikki elat vakillari örtasidagi töqnaşuvlarda kamida 400 kişi öldirilgan. Bu haqda 14 yanvarda mahalliy faollar va ruhoniy ma'lum qilgan.

Etnik negizdagi ayovsiz töqnaşuvlar 16-17 dekabr kunlari Yyumbi şahri yaqinida boşlangan. Töqnaşuvlarda batende va banunu elatlari vakillari iştirok etgan. Ma'lum qilinişiça, qurbonlar soni dastlab taxmin qilingandan 3 marta köproqdir.

Uşbu töqnaşuvlar oxirgi yillarda uşbu hududda eng qirğinbaroti bölgan. Voqea sababli hukumat prezident saylovlarida ovoz berişni bekor qilişga majbur bölgan.

19 dekabrda töqnaşuvlarda 120 dan köproq odam halok bölgani, köpçilik zöravonlikdan qoçiş maqsadida qöşni Kongo Respublikasiga daryo orqali ötib olgani ma'lum qilingan. Ixtilof banununing marhum yetakçisini dafn qiliş uçun joy borasidagi tortişuv sababli yuzaga kelgan.

Faollarning ta'kidlaşiça, ikkala elat örtasida siyosiy ziddiyatlar mavjud bölib, batendening bir qator yetakçilari hukmdor koalitsiyani, banunu rahbariyati esa muxolifatni qöllab-quvvatlagan.